go‘zal
bilan ulashing
1. Juda ham chiroyli, husndor, xushroʻy.
-
Goʻzal qiz.
-
Gulsum uning [Elmurodning] xayolida bu yerdagi goʻzallarning goʻzali boʻlib tura berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻttiz besh yoshlarda koʻringan bu goʻzal xotin haram xodimalaridan Gulshanbonu edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Kishi koʻzini quvontiradigan, kishini maftun etadigan, zavqlantiradigan.
-
Goʻzal tabiat bagʻrida dam olmoq. Goʻzal xulqli inson.
3. Zavq-shavqqa boy, serzavq, unutilmas (davr, vaqt haqida).
-
U qorli, sovuq kun Yoʻlchi uchun umrining eng mazmunli, eng rangli, eng goʻzal kuni edi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Goʻzal (xotin-qizlar ismi).
go‘zal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Goʻzal adabiyot
Goʻzal sanʼat
GO‘ZAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГЎЗАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
go‘zal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar