laylak
bilan ulashing
1. Uzun oyoqli qushlar turkumiga mansub, tumshugʻi va oyogʻi uzun, parlari ola (oq va qora aralash) katta qush.
-
Laylak uyasi. Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq. Maqol
2. maxs. Balandga yuk chiqarish uchun qurilgan, tayanchigʻi oʻrtasida boʻlgan richagga oʻxshash moslama.
laylak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Laylak boʻlmoq
-
Toʻzon bosilganda qarashsa, mashina kuzovi koʻtarilgancha qiyalikning eng chetida shundoq laylak boʻlganicha, omonat turib qolibdi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Razzoq saroy etagida laylak boʻlib tikkaygan aravani koʻzdan kechirdi-da: — Kushsa boʻladimi? — deb soʻradi. H. Gʻulom, Mashʼal
Laylak varrak
Laylak qor
-
Oʻrik qiygʻoch gullagan kunlari birdan havo sovib, laylak qor yogʻib yubordi. P. Qodirov, Uch ildiz
LAYLAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАЙЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan LAYLAK so‘ziga berilgan ma’nolar
laylak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
laylak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar