aks
bilan ulashing
1. ot Biror narsaning silliq, yarqiroq sathda koʻringan tasviri, shakli.
-
Hovuzning limmo-lim suvi shishaday toza, odamning aksi koʻrinadi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Qarama-qarshi, teskari, zid.
-
Aks natija. Aks taʼsir.
3. sifatdosh Tutgan yerini kesadigan, gapga koʻnmaydigan, oʻjar, qaysar.
-
Aks bola.
4. ot Taʼsir.
-
Odamning odamga aksi uradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
aks soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aks etmoq
-
Koʻzguda aks etmoq;
-
Shu birgina soʻz uning [Madumarning] butun ichki va tashqi dunyosini oʻzida aks ettirgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Asarda obyektiv voqelik aks etgan.
Aksini topmoq
-
Maʼlumki, Bosh qomusimizda xalqimiz ruhiga mos keladigan iymon-eʼtiqod, adl-u insof, diyonat, iffat va hayo kabi eng ezgu fazilatlar oʻz aksini topgan. Gazetadan
Aksiga olmoq (yoki yurmoq)
-
Aksiga olib, yomgʻir yogʻdi.
Aks sado
-
Uning [Alim buvaning] ovozi nihoyat darajada yoʻgʻon edi, u togʻ-toshlar orasida gurullab, aks sadolar bilan yoyildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Quruvchilar majlisida koʻtarilgan bu masala shahardagi hamma korxonalarda aks sado topdi. A. Muxtor, Opa-singillar
Aks holda
-
Har bir madaniyatli ota-ona farzandlari qalbida kechayotgan oʻylar bilan albatta hisoblashishlari kerak. Aks holda, orada boʻshliq paydo boʻla boshlaydi. Gazetadan
Diniy-xurofiy tasavvurda: jin, ajina.
aks soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aks tegdi
AKS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АКС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aks so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar