alam
bilan ulashing
1. Jismoniy qiynoq; azob, ogʻriq.
-
Komil kaltak alamidan hoʻng-hoʻng yigʻlayotgan boladan yana soʻradi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Ruhiy azob, iztirob.
-
Hijron alami. Judolik alami. Alam chekmoq (tortmoq).
-
Biz u vaqtlar sevgi nima, sevish, sevilish nima — bularning dard va alami, zavq va shavqi nimaligini ham bilmas edik. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Qasd, oʻch, qasos.
-
Muncha serpiching boʻlib ketibsiz. Menda shamingiz bormi! Shuhrat, Shinelli yillar
4. Gʻazab, nafrat; zahr.
alam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Alam qildi
-
Erining bosh qorongʻi boʻl, evida boʻl-da degani unga juda alam qildi, xoʻrligi keldi, oʻpkasi toʻldi. A. Qahhor, Anor
Alamini olmoq
-
— Meni tashlab ketganingiz alamini Zaynabdan olmasam, kimdan olay, — dedi kulib Kumush. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Balki alamini ishdan olgandir? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Isaning alamini Musadan olmoq
Alamdan tarqamoq (yoki chiqmoq)
-
[Sobiraxon:] Yigʻladim. oʻtirib xat yozdim. Bu bilan ham alamdan chiqmay, xatni koʻtarib, Komila xolamning oldilariga arzga bordim. A. Qahhor, Xotinlar
-
Mingboshi tek yotmagan edi, qizining alamini chiqarib olish uchun bahona izlardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Siz qoʻy demaganingizda, ogʻzi-burnini dabdala qilib, bir alamdan chiqay degan edim. P. Tursun, Oʻqituvchi
Alamini ichiga yutmoq
-
alamini ichiga yutib, halovat istaydi. Gazetadan
1. eskirgan, kitobiy Bayroq, tugʻ.
2. din. Aziz-avliyolar dafn etilgan mozorga sigʻinuvchilar tomonidan shu mozor daraxtlariga bogʻlangan latta.
-
Er Hubbiga borib, astoydil sigʻinib, shayxlarga toʻn kiygizdi, keksa chinorlarga alam bogʻladi, boʻlmadi. S. Ahmad, Hukm
ALAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЛАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
alam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar