anqay
bilan ulashing
1. Hayronlik bilan qaramoq, hayron boʻlib ogʻzi ochilib qolmoq.
-
Kuyovimizning oʻzi laqabini eshitganda, rostdan ham anqayib qoldi, qizardi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Mirshablar Yoʻlchiga zugʻum bilan oʻqrayib oʻtishdi. Yoʻlchi bir minut anqayib qoldi-da, yukni nari-beri orqalab, ularning [mirshablarning] iziga tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Beparvo, loqayd qaramoq; angraymoq.
-
— Anqaymanglar, tezda goʻja tayyor boʻladi, — dedi ishlayotganlar oldiga borib navkar, moʻylovini burarkan. J. Sharipov, Xorazm
-
Shodiyor jiyaniga oʻshqirdi: — Suvdan quy, nega anqayasan. Yoshlik
ANQAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АНҚАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
anqay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar