asta-sekin
bilan ulashing
1. aynan Asta.
-
Otlar oʻz-oʻzidan asta-sekin yurib ketdi. A. Qahhor, Xotinlar
-
[Mastura Norga:] Axir, siz, qiziqsiz! Besh kun sabr qiling, kuyov-puyovga chiqsin, bir oy, yarim oy oʻtsin, undan keyin asta-sekin qashlab, ishga solaylik-da. Hamza, Paranji sirlari
-
Asta-sekin boshlangan chapak tobora avj olib, soz ovozini bosib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. aynan Asta-asta.
-
Uzoqdagi togʻ oraliqlaridan boshlangan qorongʻulik asta-sekin hamma yoqqa tarala boshladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
[Rahmatilla] Asta-sekin oʻzini oʻngʻardi, uy-joy qildi, xotin oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Astalik bilan va davomiy tarzda. zid. jadal.
-
Folbinlik va gʻoyibdan bilish sirlarini ochishga olimlar asta-sekin yaqinlashib kelishyapti. Fan va turmush
ASTA-SEKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСТА-СЕКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asta-sekin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar