asta
bilan ulashing
1. Past tezlik bilan; sekin.
-
Shoqosim oʻrnidan turdi, etagining changini qoqib oʻz chaylasi tomon asta joʻnadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻqay ustiga tun qorongʻiligi asta bostirib kelayotgan paytda, u qamishlar orasidan chiqdi. S. Ahmad. Ufq
2. Past darajadagi tovush bilan; sekin.
-
Mirzakarimboy yana oʻshshayib tikildi, ammo maslahatgoʻylik bilan asta gapirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Sezilar-sezilmas darajada, shunday xatti-harakat bilan, sekin.
-
Asta koʻzini ochmoq. Eshikni asta yopmoq.
-
Ahmad dik etib turib, yelkamga asta urib qoʻydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
ASTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar