bangi
bilan ulashing
1. Nasha chekishga odatlangan shaxs; nashavand.
-
Mulla palovga oʻch, bangi — olovga. Maqol
-
Oqsoch ham, otboqar ham allaqachon dong qotib uxlab yotishibdi. Biri kar, biri bangi. K. Yashin, Hamza
-
Ana, bangi toʻra yumshoq kursida, afyunning kayfini surib, koʻzlari suzilib oʻtiribdi. S. Siyoyev, Avaz
2. koʻchma folk. Nasha.
-
Sherobodda men koʻrdim Bangi chekkan bangini. Nurali
3. Umuman nasha, koʻknori, qoradori va shu kabilarga oʻrgangan, giyohvand shaxs, shuningdek, uning laqabi.
-
Mirvali bangining koʻmagida aravadan zambilgʻaltakni tushirib oladilar. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
BANGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАНГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bangi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar