banka
bilan ulashing
s.t. esk. ayn. Bank 1.
-
Baxtima boʻlganda otam, ham onam, Bankaning pullari kissamda mening. Qoʻshiqlar
1. Shisha, tunuka yoki plastmassadan yasalgan, odatda silindrik shaklga ega boʻlgan idish.
-
Shisha banka. Temir banka. Konserva bankasi.
-
Shu lahzada qoʻlida bir shisha banka qatiq, yugurganicha kampir buvi kirib keldi. Mirmuhsin, Umid
-
Choʻntagidan apil-tapil boyagi pulni chiqardi, eshikka bir qarab olgach, bankaga joyladi. N. Aminov, Qahqaha
2. tibbiy Kishi tanasining kasal joyiga qoʻyiladigan ogʻzi tor, cheti qalin va silliq, noksimon stakancha.
-
Tibbiyot bankalari. Banka qoʻymoq.
BANKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАНКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
banka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing