banoras
bilan ulashing
1. Materiali, toʻqilishi va pishiqligi jihatdan beqasamga oʻxshash, ammo gullari bilan farqlanuvchi, qoʻlda toʻqilgan gazlama.
-
Banoras toʻn. Banoras paranji. Banoras chopon.
-
Egnida qizgʻish banoras toʻn. S. Siyoyev, Avaz
-
Egnimga oq doka koʻylak, oq banoras nimcha kiygizib, boshimdagi doʻppi oʻrniga oq doka roʻmol oʻratdilar. Oydin, Hikoyalar
-
— Sizni har zamonda izvoshda duxoba, banoras paranjilarda koʻrib qolardik, — dedi Oʻgʻiloy opa. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
2. koʻchma Banoras rangidek kumushrang oq tusli, shuningdek, och pushti, sariq, yashil rangli.
-
Atrof zim-ziyo, faqat tiniq, banoras osmonning u yer-bu yerida yulduzlar miltillaydi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Osmon gardishining tubi asta-sekin yorishib, banoras ufqqa qizgʻish rang yoyila yotibdi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
Osmon juda tiniq, banoras ekan. A. Muxtor, Chinor
BANORAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАНОРАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
banoras so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar