barot
bilan ulashing
1. tarixiy Podsho tomonidan berilgan ozodlik xati; podshoh, xon tomonidan biror soliq yoki jarimadan ozod etish yoki muayyan vakolatlar, huquqlar berish haqidagi maxsus guvohnoma, yorliq.
-
Barotda uni oluvchining ismi va mansabi, mazkur barot qanday munosabat bilan berilgani, unga qanday vazifa yuklatilganligi koʻrsatilgan. OʻzME
2. tarixiy Biror narsa, chunonchi, unvon olganlik haqidagi yorliq, guvohnoma.
-
Dil siyohiga berur ul shoh nutqidin barot. To yuzun koʻrmay demam: bergan baroti rost ekan. Uvaysiy
1. din. Qamariy yil hisobidagi sakkizinchi oy — shaʼbonning 15-kuni: bu kunda Muhammad alayhissalomga paygʻambarlik xabari nozil qilingan.
2. so‘zlashuv tili Qamariy sakkizinchi oy — shaʼbonning xalq orasidagi ikkinchi nomi
-
Barot oyi.
-
— Men aytamanki, yoʻq, barot oyida tugʻilgan ekanman, oltmishlarda boʻlsam kerak, — dedi kampir. Mirmuhsin, Umid
3. Barot (erkaklar ismi).
BAROT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
barot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar