behi
bilan ulashing
1. bot. Issiq mamlakatlarda oʻsadigan, atirgullilar (raʼnodoshlar) oilasiga mansub, xushboʻy mevali daraxt.
-
Bogʻning turli joylarida har xil mevali daraxtlar: nok, oʻrik, behi, jiyda va hokazo anchagina. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mohidil qaytib hovliga tushayotganida, behi shoxi shitirlab ketdi. S. Zunnunova, Gulxan
2. Shu daraxtning olmaga oʻxshash mevasi.
-
Sidiqjon uni [onasini] kuzatib qaytib kelganida, tok ostidagi eski soʻrida sochilib yotgan behilarga koʻzi tushdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Xonani zira, dolchin, behi, zigʻir moyining xushtam hidi qopladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
BEHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕҲИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BEHI so‘ziga berilgan ma’nolar
behi so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
behi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar