behol
bilan ulashing
1. Holdan toygan, tinka-madori qurigan; bemajol, holsiz.
-
Toʻpa xola sadaning gʻadir-budur poʻstlogʻini behol barmoqlari bilan silab, yuziga surtdi. I. Rahim, Ixlos
-
Boshi aylanib, koʻzi tindi. Toʻshakka behol choʻzildi. S. Siyoyev, Avaz
-
Azlarov behol ingrab yotgan bemorga nima deyarini bilmay, kalovlanib qoldi. Yoshlik
2. Kasal boʻlib qolgan, bemor.
-
U [qizcha] juda behol, vrachlar va ota-onasining soʻroqlariga arang javob qaytarardi. Gazetadan
3. Koʻchma Kuchsiz, zaif.
-
Menikiga nima maqsadda chilvir koʻtarib borib edingiz? — Oʻzim, — dedi, behol, nimjon tovush bilan [Juman]. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
qiyaliklarda behol chayqalayotgan yovvoyi pistalar koʻngillariga mung choʻktirdi. Yoshlik.
-
Beholgina kuylaydi bir qiz, Bir-bir bosib, ishkom oralab. Yoshlik
BEHOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕҲОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
behol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar