betkay
bilan ulashing
1. Narsaning kuzatuvchiga yoki biror narsaga qaragan old qismi, sirt tomoni.
-
Kunga betkay joyda boʻlgani, adir shabadasiga koʻndalang turgani uchun bu yer doimo qaqrab yotadi. I. Rahim, Hayot buloqlari
-
Oʻtov tikilgan kenglik quyoshga betkay boʻlgani uchunmi, oʻt-oʻlanlar yaxshi unib, yer betini qoʻshgan. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
-
Shamol teggan giyohlarning astari kumush rangga kirar, shamol tegmagan betkayi tiniq yashil tusda qimirlamay turardi. S. Ahmad, Jimjitlik
2. sheva, aynan Bet 3.
-
Koʻcha betkayida boʻladigan har kungi ochiq olashovur bozorlar yoʻq. Gʻ. Gʻulom
-
Hovli betkayiga qator-qator stollar, kursilar qoʻyilgan. Sharq yulduzi
BETKAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕТКАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
betkay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar