betob
bilan ulashing
1. Biror kasallik bilan ogʻrigan; tobi qochgan; kasal, bemor.
-
Gap desang — qop-qop, Ish desang — betob. Maqol
-
Betob, darmonsiz Gulnor oftobda qurigan bir quchoq yozlik kiyimlarni allaqayoqdan yigʻishtirib kelar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Adolat yuziga isitma toshib yondi-da, betob boʻlib yotib qoldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. koʻchma Sevgi, muhabbat dardiga duchor boʻlgan.
-
Dardi tushgan chogʻidan betob va lekin sogʻman. U. Ismoilov, Saylanma
3. koʻchma Zoʻrgʻa, ojiz bir holda.
-
Dovul yetmas joylarda hamon U boʻronning kuchsiz va betob Uvlashini tinglardi shodon. H. Olimjon
BETOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕТОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
betob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar