bino
bilan ulashing
Kishilarning yashashi, ishlashi va boshqa ehtiyojlar uchun quriladigan inshoot, ulkan uy, imorat.
-
Teatr binosi. Turar joy binolari. Shahrimizda yangi-yangi koʻrkam binolar qad koʻtarmoqda.
-
Binoning oʻng tomonidagi ikki xonali uyda oʻgʻli bilan kelini turadi. Saodat
-
Dangasaga mehnat yoqmas, osh yoqar, Yomon odam tik binoni qulatar. Qoʻshiqlar
bino soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bino boʻlmoq
-
Bu qishloqlar urushdan keyingi yillarda bino boʻlgan edi;
-
Bir yigit qirq yilda bino boʻladi. Maqol.
-
Odam oʻz tabiatini oʻzi bino qiladi. Sharq yulduzi
-
Bino boʻlding qaysi gavhar donadan, Senday oʻgʻlon bino boʻlmas enadan. Malikayi ayyor
Bino qilmoq
-
Uchinchi yil shifoxona qatorida yonida omborchasi bilan maxsus kooperativ magazin bino qiladi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
-
Kanizak bu aytilgan narsalarning hammasini hozir qilib, ikkovi shu choʻlda shahar bino qilishgan ekan. Luqmoni Hakim
Bino qoʻymoq
-
Hech kim menday senga bino qoʻygan yoʻq. Ravshan.
-
Palovni kim yomon koʻradi, lekin professor Obidiychalik unga bino qoʻyib, chiroyli oshaydigan odam kam boʻlsa kerak. Mirmuhsin, Umid
-
Bino qoʻyib, oltin sochin taradi, Koʻklam qizil gul hidini sochganda. M. Alaviya
-
[Xonzoda Gulbahorga:] Sen nimangga bino qoʻyasan! Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Ha, chiroyingga bino qoʻydingmi, oʻzboshimcha? K. Yashin, Hamza
Umri bino boʻlib, dunyo bino boʻlib yoki dunyo bino boʻlganidan beri
-
Umrim bino boʻlib men sendan biron nima tama qilmaganman. Sharq yulduzi
-
Bunaqa chiroyli qizni umrim bino boʻlib koʻrmaganman. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Umri bino boʻlib bunday dahshatli manzarani koʻrmagan. Yoshlik
Oʻziga bino qoʻymoq
-
Ortiq bino qoʻydim yor deb oʻzimga. Hamza
-
Endi moʻylovim chiqib, oyna oldida turganimni koʻrgan uydagilar: — Hadeb oʻziga bino qoʻyish yaxshi emas, — deyishardi. Shukrullo, Saylanma
-
Qirqin qizlar sozlanib-nozlanib, oʻziga bino qoʻyib, qoʻliga xino qoʻyib, boqqa joʻnadi. Nurali
-
Gerdayib oʻtirishi, boshini koʻtarib, shoshmasdan gapirishi [Hojibning] magʻrur va oʻziga bino qoʻygan odam ekanini koʻrsatardi. M. Osim, Oʻtror
-
Jonibek oʻziga bino qoʻygan bola. Sharq yulduzi
BINO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИНО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bino so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar