bo‘nak
bilan ulashing
1. tarixiy Biror ish yuzasidan ish beruvchilarning ish bajaruvchilarga oldindan beradigan qarzi.
-
—Barakalla! — dedi Abduhalilbek. —Bunisi — boʻnagi, ish bitgach, yana. J. Sharipov, Xorazm
-
Yem-xashak yoʻq, bir poy hoʻkiz oriq-turuq, Qaydan boʻnak olish bilmay, hamyon quruq. Gʻ, Gʻulom
-
Men ishimga qarab soʻray beraman, siz boʻnak qilib beraverasiz. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
2. tarixiy Ustaning oʻz shogirdiga uning ishlab berishi yoki keyinchalik qaytarishi sharti bilan beradigan qarz puli.
-
Bechora kosiblar oldinroq olib, yeb qoʻygan boʻnakning evaziga tishlarini tishlariga qoʻyib, har qancha ogʻir gap eshitsalar ham, chidab turib javob qilar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
3. bux. Maosh hisobidan oy oxirida hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul; avans.
BO‘NAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎНАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘nak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar