bo‘m
bilan ulashing
Tamoman, mutlaqo boʻsh, quruq; tap-taqir; huvullab yotgan.Boʻm-boʻsh idish. Boʻm-boʻsh uy.
-
Sohil boʻm-boʻsh, huvullab yotibdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Oldinda dushman, orqada esa buzilgan yoʻllar, boʻm-boʻsh sahro. Sharq yulduzi
-
Bitta-yu bitta sham yoqilgan yuz kishilik ulkan saroparda boʻm-boʻsh va nimqorongʻi edi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
-
Havo bulutli, kasalxona hovlisi boʻm-boʻsh edi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
bo‘m soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuragi (yoki koʻngli) boʻm-boʻsh
-
Hech bir narsa jalb etmas uni. Bu kun boʻm-boʻsh mening yuragim. Guldasta
-
Shu tobda bu odamga hech qanday yordam berish qoʻlidan kelmasligini oʻyladi-yu, koʻngli boʻm-boʻsh boʻlib, palataga kirdi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
-
Boʻm-boʻsh boʻlib qoladi yurak, Oʻgʻlim, mehr ado boʻlgan chogʻ! Saodat
BO‘M so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘m so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar