boj
bilan ulashing
1. tar. esk. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida savdogarlar, hunarmandlar va boshqalardan olinadigan soliq.
-
Shosh ahli, tamomiy fuqaro bojni oʻz vaqtida toʻlagan. Mirmuhsin, Temur Malik
-
Qoraxitoylar quvilganidan soʻng, shahar mahkamasi biz hunarmandlarni boj bilan qisib qoʻydi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Zolimlar olarkan elatdan bojin, Yozib kundan-kunga nafs qulochin. Tohir va Zuhra
2. Chetdan keltirilgan mol uchun olinadigan, rasmiy ravishda belgilangan haq.
-
Boj toʻlamoq.
-
Saroy darvozasi yonida bojxona boʻlib, chet el mollaridan boj olinardi. J. Sharipov, Xorazm
-
Ajnabiy savdogarlardan ozmuncha boj tushadi, deb oʻylaysizmi? M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Avaz karvonlarning molidan boj olganida Avazni tanib olgan. Nurali
3. koʻchma Biror narsa, voqea, holat uchun ketadigan haq, badal.
-
Toshga tegar, sinar dil, Yurak qoni toʻlar boj. Mirtemir, Asarlar
-
Orzularim oltin toji, Mening jonim shuning boji. Boychechak
-
Hayot shunday moʻjizaki, Qancha jabrin tortsang oz. Oʻlim esa uning uchun Arzimas bojdir, xolos. A. Muxtor, Asarlar
boj soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boj tarifi
BOJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar