bukchay
bilan ulashing
1. Yelkalarini chiqarib, koʻkragini ichiga olib engashmoq.
-
Nayman ona bukchayib oʻtirib qoldi. Yoshlik
-
Salim-boyvachcha bukchayganicha qimir etmay qotdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Normat polvon arang oʻrnidan turdi-da, bukchaygancha oʻlikning tepasiga bordi. Yoshlik
2. Belini, koʻkragini koʻtara olmay enkayib qolmoq, qaddi egilmoq.
-
Bukchaygan chol. Beli bukchaygan kampir.
-
U gʻamdan bukchayib qolgan hakim Abdusamadga achinar edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Uyda oʻtirib, choʻkib, bukchayib qoldi. Sharq yulduzi
BUKCHAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУКЧАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BUKCHAY so‘ziga berilgan ma’nolar
bukchay so‘ziga yangi izoh qo‘shing
bukchay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar