bukla
bilan ulashing
1. Bir uchini ikkinchi uchiga yetkazib qayirmoq, bukmoq, shu tarzda bukib taxlamoq.
-
Qogʻozni buklamoq.
-
Zaynab buklangan bir qogʻozni eriga uzatdi. Mirmuhsin, Chodrali ayol
-
Qalami toʻnini yechib, bir chetga buklab qoʻydi. S. Siyoyev, Avaz
-
Gazetani buklab, choʻntagiga solib qoʻydi. S. Ahmad, Ufq
2. Yigʻmoq, yopmoq (buklama narsalarni).
-
Qalamtaroshni buklamoq. Zontikni buklamoq.
-
— Bu bir, — dedi u katta barmogʻini buklab. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
3. koʻchma Boʻysundirmoq, tobe qilmoq, yengmoq.
-
Odamga egiladiganga oʻxshamaydi bu bola, siz bir gap bilan ikki buklab qoʻydingiz. I. Rahim, Ixlos
BUKLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУКЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BUKLA so‘ziga berilgan ma’nolar
bukla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
bukla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar