buk
bilan ulashing
1. aynan Buklamoq 1.
-
Salimboyvachcha xatni oʻqib, asta bukdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Boʻtaboy xatni bukar ekan, uf tortdi. A. Qahhor, Asarlar
2. Qayirmoq, egmoq.
-
Kuchli shamol koʻtarilib, bogʻchadagi \ar narsani toʻrt tarafga buka boshladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Hayot kelinchaklarcha, bir oyogʻini yigʻishtirib, ikkinchi oyogʻini tizzadan bukib oʻtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Munir barmoqlarini bukib, xotiniga koʻrsatib, sanay boshladi. Yoshlik
-
Gʻulomjon chiroyli qaddini bukib, onasi ustiga engashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Sindirmoq, yengmoq, tobe qilmoq.
-
Biroq faktlar, hujjatlar, juda koʻp odamlarning guvohliklari uning qaysarligini asta-sekin qayirib, nihoyat, bukib qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Na baland qoʻrgʻonlar, na qalin darvozalar va na jallodlar xalqning irodasini buka olmadi. J. Sharipov, Xorazm
-
Ob-havo esa qoʻshimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Ammo u paxtakorlarimizning gʻalaba yoʻlidagi irodasini buka olmaydi. Gazetadan
buk soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshini bukmoq
-
Bolalar ham, goʻyo otadan abadiy ayrilgandek, boshlarini yetimona bukkan edilar. Oybek, Nur qidirib
-
Qarz kishining boshini bukadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Turing, qizim, — ellikboshining tovushi birdan muloyimlashdi, — ota-onaning boshini bukmang. Oybek, Tanlangan asarlar
Yerga bukmoq
-
Bir kuni odamlar oldida Nosirimni yerga bukib: Siz zanglagan ketmonsiz, olovga toblab, oʻtkir egovda charxlash kerak, desa-ya, yuzsiz.ʼ X. Nazir, Oʻtlar tutashganda
Nomusini bukmoq
-
Nodon bilan yurma, nomusingni bukma. Maqol
BUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar