bujmay
bilan ulashing
1. Sovuqsan, bezgakdan yoki biror yoqimsiz narsadan tirishmoq, junjikib bukchaymoq, qunishmoq.
-
Sovuqqa chidamli Yoʻlchi ham, egni yupun boʻlganidan, oyoqlarining jonsizlanganini, gavdasining bujmayganini sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mirvali, qoʻli qaltirab, shishani ochdi. Quyayotganda, dimogʻiga qoʻlansa konyak hidi urilib, basharasi bujmayib ketdi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Toʻrda yalpayib oʻtirgan sovchi xotinlarning yuzi, meni koʻrib, bexos limon tishlaganday bujmaydi. Yoshlik
2. Ajin bosib burushmoq, tirishmoq; burushib-tirishib qolmoq.
-
[Yormatning] Koʻz yoshlari hasratdan bujmaygan yuzlaridan va soqollaridan moʻl-moʻl oqaverdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kampir bujmaygan qoʻllari bilan uning sochlarini silay boshladi. Gazetadan
-
Kuyov yasharish uchun tokning zangidek bujmaygan boʻyinlarini hoʻl sochiq bilan ishqalaydigan boʻldi. S. Ahmad, Saylanma
3. Qovjirab, suvsizlanib burushmoq, quruqshamoq.
-
Barglar bujmayib qolibdi.
-
Doʻrdoq lablari uzum poʻstlogʻidek bujmaygan. M. Nazarov, Sirli xat
-
Shamol qattiq esib, bujmaygan tok barglarini uning ustiga olib kelib sochdi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
-
Qirgʻoqdagi bujmaygan, qovjiroq oʻtlar daryodan epkin soʻraganday moʻltirashardi. E. Samandarov, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
BUJMAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЖМАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bujmay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar