bujg‘un
bilan ulashing
1. Qayragʻochning bir turi, tanasi qattiq daraxt.
-
Zokir ota beliga teshasini qistirib, bujgʻun va qurigan yongʻoq shoxlaridan oʻtin tayyorlashga kirishdi. Gʻayratiy, Yoshligimiz
-
Tosh boʻlsang ham, yoraman, Chinor boʻl yoki bujgʻun. Q. Muhammadiy
2. Pista daraxtining magʻiz qilmay bujmayib qolgan mevasi (xalq tibbiyotida va boʻyoqchilikda ishlatiladi).
-
Tabib qoʻy jigarini ham kabob qilib, bujgʻun sepib yeng, degan ekan, bir-ikki qilibdi, lekin dardi shifo topmabdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Oʻsimliklar tanasining turli qismlarida koʻpincha virus, bakteriya, zamburugʻ, hasharotlar taʼsirida hosil boʻladigan gʻurralar.
-
Bujgʻun, asosan, pista, qayragʻoch kabi daraxt barglarida hosil boʻladi. OʻzME
-
Baʼzan serkoʻz, bujgʻun qayragʻochlarni egish juda qiyin boʻlardi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
bujg‘un soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bujgʻun soʻyil
-
ertasiga yer ostida yelkasiga uch botmonlik choʻyan gurzi, qoʻlida bujgʻun soʻyil ushlagan barzangi munkarnakir paydo boʻldi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
Bujgʻun tayoq
-
Qoʻlga olib bujgʻun hassasini A. Muxtor, Asarlar
-
Eng oldinda bir nuroniy qalandar anvoi rang-barang lattalar beliga bogʻlangan, qoʻlida boshi qaynab bitgan bujgʻun tayoq Gʻ. Gʻulom, Shum bola
BUJG‘UN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЖҒУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BUJG‘UN so‘ziga berilgan ma’nolar
bujg‘un so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
bujg‘un so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar