bugun
bilan ulashing
1. ravish Soʻz borayotgan paytda kechirilayotgan yoki kechirilgan kun, kecha-kunduz.
-
Men senga munosib emasligimni bugun bildim. S. Ahmad, Ufq. Azizxonning buguniga, ertasiga Lutfiniso juda-juda zarur edi. S. Ahmad, Ufq
-
Oʻtgan kuni ham, kecha ham, bugun ham shunday qilmoqchi boʻldi-yu, bari bir koʻngli chopmadi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
2. ot vzf. Hozirgi payt, hozirgi kun.
-
Bugunimiz juda yaxshi, ertamiz bundan ham yaxshi boʻladi. Bugunni oʻylama, ertani oʻyla. Maqol
bugun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bugun emas, erta yoki bugun boʻlmasa, erta(ga)
-
Mana shularni [dushman tayyorgarligini] nazarga olganda, bugun boʻlmasa, ertaga juda dahshatli jang boshlanishi muqarrar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
BUGUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУГУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bugun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar