bunday
bilan ulashing
1. koʻrs. olm. Xuddi aytilganga, koʻzda tutilganga yoki koʻz oʻngidagiga oʻxshash, teng; bunaqa, bu kabi.
-
Bunday paytlarda Lugʻumbek taraflarda havo nihoyatda dim boʻladi. S. Ahmad, Ufq
-
Boʻtaboy bunday savolni kutmagan boʻlsa kerak, gangib qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bunday tuygʻun, bunday ziyrak, bunday boadab qiz yetti iqlimda ham topilmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. rvsh. vzf. Shu qadar, shunchalik, bunchalik.
-
Bir joyga borib, sira bunday kech qolgan emas edi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Agar san bir xum oltin topsang, bunday sevinmas edim. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Quyidagicha.
-
Bir xatida bunday debdi: Katta poxoddan keyin hozir dam olib oʻtiribmiz. Juda charchaganman. A. Qahhor, Oltin yulduz
4. ravish Aytilganga, kutilganga, koʻzda tutilganga yoki koʻz oʻngidagiga oʻxshash bir zayl-da, tarzda; shunday.
-
Yoʻq, bunday boʻlmasligi kerak, bunday boʻlmasligi kerak, bu insofdan emas X. Sultonov, Onamning yurti
-
Qoratoy, san bunday qil, hozir borib yot, charchagansan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yoʻq bunday emas! Mening zotimda jinoyatchilar yoʻq. Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Bunday qilamiz, — kapitan oʻrnidan turdi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
5. -lar Qoʻshimchasi olib otlashganda, biror guruh vakili boʻlgan shaxsni anglatadi.
-
Kim biladi, unaqalar koʻp axir, u kam, Kim ham axir bundaylarni yoʻlga solibdi. A. Oripov, Yillar armoni
-
Bundaylardan mingtasining qoshi bir tola sochingga arzimaydi. Bilaman, qizim Oybek, Tanlangan asarlar
bunday soʻzi qatnashgan jumlalar:
Birov unday, birov bunday
-
Shunga oʻxshash birov unday, birov bunday. Oʻzingizni biling, oʻzga bilan nima ishingiz bor? Oybek, Tanlangan asarlar
BUNDAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУНДАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bunday so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar