chakana
bilan ulashing
1. Donalab, maydalab yoki kichik toʻp bilan sotiladigan va sotib olinadigan.
-
Chakana savdo.
-
Chakana narxlarni oʻzgartirish mumkinligi, shubhasiz, hozirgi paytda eng munozarali masaladir. Gazetadan
2. Unchalik ahamiyatga ega boʻlmagan; arzimas, mayda-chuyda.
-
Xosiyat xolaning erlari ham chakana paxtakor boʻlmagan ekanlar. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Goʻsht-yogʻ oʻz qoʻlingizda. Daromad ham chakanamasdir? S. Anorboyev, Oqsoy
-
Chakana gapga quloq yoʻq. Ish kechikadi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. sheva Mayda chorva mollari, qoʻy-echki va aholiga tegishli shunday mollarni boquvchi.
-
Shu kundan eʼtiboran askar chakana choʻpon boʻldi Adirda uzun kun chakana mol boqdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
CHAKANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАКАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chakana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar