chakak
bilan ulashing
anat. Pastki jagʻ.
-
rais esa tishi ogʻrigan kishidek, ikki kafti bilan chakagini ushlab, asabiy oʻylab oʻtirardi. N. Aminov, Qahqaha
chakak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chakagi ochilmoq
-
Hojimatning chakagi ochilib, gapga tushib ketdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Chakagi ochiq
-
— Buncha chakagi ochiq odamsiz — dedi registratsiya qiluvchi xotin cholga koʻzlarini olaytirib. Mushtum
-
chakagi ochiq itlarning vovullashi, otlarning kishnashi sokin qishloqni gʻala-gʻovurga toʻldirdi. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
Chakagi tinmaydi
-
Tarozi shayinlarini muttasil likillatib turganlarning chakagi tinmaydi. Mushtum
Chakagi tushmoq
-
Bu haqda gapiraverib, chakagim tushdi.
Chakak urmoq
-
[Oyshaxon:] Oʻlar holatga yetdim-ku bu qizingizga chakak uraverib. A. Muhiddin, Aybsiz aybdor
Chakagi chakagiga tegmaslik
-
Ora-sira pulemyotlar chakagi chakagiga tegmagan gʻazabli laychaday akillab qoʻyadi. Oybek, Quyosh qoraymas
Oyoq kiyimining yuzi bilan dastagining birlashgan yeri, yoni.
-
Qatnay-qatnay kavushimning chakagi tushdi.
CHAKAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАКАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chakak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar