chalin
bilan ulashing
1. Chalmoq feʼlining majhul nisbati.
-
Karnay xalqning qadimiy cholgʻularidan. U asosan toʻylarda chalinadi. Gazetadan
-
Chalinganda qoʻngʻiroq, Sinfingda boʻl, ey chiroq! Q. Muhammadiy.
-
Shu onda qattiq qarsak chalindi-yu, hamma gurullab oʻrnidan turdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Chalmoq II feʼlining oʻzlik nisbati.
-
Uchinchi minutda Haydar raqibini surib borayotib, chalinib, yiqilib tushdi. I. Rahim, Ixlos
chalin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapga chalinmoq
Kasalga (yoki dardga) chalinmoq
-
Qand kasaliga chalingan odamning tishlari moʻrt boʻladi. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
-
Bu vaqt uning [Umidning] dardga chalinib qolgan payti edi Mirmuhsin, Umid
Koʻzga chalinmoq
-
Bir vaqt uzoqda — oldinda qorayinqirab sakvovulzormi, yulgʻunzormi, koʻzga chalindi. M. Mansurov, Yombi
Quloqqa chalinmoq
-
Tun sukunatida otlarning dupuri quloqqa baralla chalinardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar;
-
[Shofyor:] Qulogʻingizga chalingandir — otam hajdalar. Mushtum
CHALIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАЛИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chalin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar