chechak
bilan ulashing
Tabiiy ravishda oʻsadigan gulli oʻsimlik; gul.
-
Dala chechaklari. Xushboʻy chechak.
-
Rango-rang kapalaklar chechaklarning xushboʻy hididan mast. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Shamollar ichida men ham bir shamol, Chechaklar atridan men ham sarmastman. A. Oripov
Badanga suvli pufakchalar toshirib, isitma chiqaradigan, koʻpincha bolalarda uchraydigan ogʻir yuqumli kasallik.
-
Agarda oʻzingizga ham chechak chiqqan boʻlsa, sezarsiz: misoli gʻalvirak bodom. A. Qodiriy, Kichik asarlar
-
1980 yil Jahon Sogʻliqni saqlash assambleyasining 33-sessiyasida Yer yuzida chin chechak butkul tugatilganligi rasmiy ravishda eʼlon qilindi. OʻzME
chechak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pulingga chechak chiqqanmi?
CHECHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЕЧАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chechak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar