chiziq
bilan ulashing
1. Yozadigan, chizadigan yoki yuqadigan narsalar qoldirgan iz.
-
Yoʻgʻon chiziq. Ingichka chiziq. Boʻr bilan chizilgan chiziq. Hassaning uchi bilan chizilgan chiziq.
2. Shunday shakldagi yoʻl, iz.
-
Beqasam chiziqlari. Yuz chiziqlari.
3. Narsalarning chegarasini, joyla-shishini yoki borishini koʻrsatuvchi yoʻnalish.
-
Ekvator chizigʻi. Ufq chizigʻi.
-
Ham-ma daraxtlar bir chiziq ustida tekis saf tortib turadi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. mat. Sirtning ikki qoʻshni sohasidagi umumiy qism; uzluksiz qator nuqtalar majmui.
-
Gorizontal chiziq. Toʻgʻri chiziq. Egri chiziq. Siniq chiziq.
-
Toʻgʻri burchakli koordinatalar tizimida chiziq tenglamalarning turiga qarab ajrashdi. OʻzME
chiziq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ustiga chiziq tortmoq
-
Uningcha, Navoiy asarlari xalqqa kerak emas! U adabiy merosning ustiga chiziq tortadi. K. Yashin, Hamza
(Chizgan) chizigʻidan chiqmaslik
-
Meni Qamar bagʻriga oldi. Umrim boʻyi chizgan chizigʻidan chiqmayman. Yoshlik
CHIZIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИЗИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiziq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar