cho‘p
bilan ulashing
1. Novda, shox boʻlagi; ingichka, uzun tarasha, yogʻoch parchasi.
-
Ota uzun choʻp bilan shisha tubini kovlashtira turib, savolomuz tikildi. Yoshlik
-
Davron togʻa yaktagi yoqasidan zirk daraxti choʻpidan yoʻnilgan tishkovlagichni olib tish kovlashga tushdi. N. Aminov, Qahqaha
2. Biror maqsad uchun maxsus tayyorlangan tayoq(cha).
-
Nogʻora choʻp. Langar choʻp. Gugurt choʻpi.
-
[Nogʻorachi] Nogʻora choʻpi bilan nogʻorani emas, xuddi oʻziga oʻxshash bir yigitning qalbini savalaganini bilmay qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Molga ovqat boʻladigan quruq oʻt, xas-xashak (beda, pichan va shu kabilar).
-
Uy egasi Muqimiyni yotqizib, dargʻaning otiga yana picha choʻp solgach, koʻcha eshikni tambalab, oyoq uchida ichkariga kirib ketdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
4. Oʻsimlik, giyoh.
-
Norinda suv bor ekan, Choʻllar suvga zor ekan. Choʻp bitmagan biyobon, Suv kelsa, gulzor ekan. Qoʻshiqlar
-
Men bu kun doʻstlarimga afsus-nadomat bilan Yerga choʻp qadamagan amirlardan soʻylayman. A. Oripov
cho‘p soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arining iniga choʻp suqmoq
-
Oxir-oqibat, zangʻarning qilib yurgan ishini qarang. Arining iniga choʻp suqadi-ya. A. Koʻchimov, Halqa.
U yerdagi choʻpni bu yerga olib qoʻymaydi
Choʻp boʻlib ketmoq (yoki qolmoq)
-
Fazilat opaning ahvoli ogʻirlashib boraverdi. Rangi sargʻayib, ozib, choʻp boʻlib qoldi. M. Hazratqulov, Jurʼat.
Choʻp tushdi
-
Shirin suhbatga choʻp tushdi.
-
[Hasanali] Otabekdagi bu hollarning sirini bilgandek, muhabbati orasiga choʻp boʻlib tushgan keyingi uylanishi alamidan, deb qaror qilib qoʻygan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Choʻpdan hadik olmoq
-
[Salmonov] Xulosalarga qarab ish koʻrish lozimligini unutdimi, choʻpdan hadik oldimi har holda, ish juda susayib ketgan edi. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida.
Qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan
CHO‘P so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘p so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar