cho‘qi
bilan ulashing
1. Tumshuq bilan ilib olib yemoq.
-
Joʻjalar don choʻqishmoqda. Mulla bilganini oʻqir, Tovuq koʻrganini choʻqir. Maqol
-
Patnisda toʻrtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va qush choʻqigan qandaydir bir bosh uzum bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Tumshuq bilan zarb bermoq (qush va parrandalarga nisbatan).
-
Qargʻa qargʻaning koʻzini choʻqimaydi. Maqol
-
Burgut jon-holatda unga [latta-puttalar bogʻlangan xodaga] tashlanib, tirnoqlari bilan changallab choʻqirdi. Bu — dastlabki ov — mashq edi, albatta. Yoshlik
3. koʻchma Qoʻl uchi bilan chimdib, ozgina yemoq, yeb koʻrmoq, tatimoq.
-
[Hoji va Hasanali] Soʻzlashmasdangina, lagandan birmuncha choʻqigan boʻldilar-da, qoʻl artdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. koʻchma s. t. Baland kelib, zoʻr chiqmoq; qattiq koyimoq, urishmoq.
-
Oralarida zoʻr-zoʻr advokatlarni choʻqib tashlaydigan rahbarlari bor emish. Oybek,Ulugʻ yoʻl
cho‘qi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir choʻqib, ikki qaraydi
Bir choʻqishda qochirmoq
-
Mulla Mamajon oʻz davrida yalqovlik bilan Alif laylidagi Abutanbalni bir choʻqishda qochiradigan kishi boʻlgan ekan. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
CHO‘QI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘qi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar