cho‘qqi
bilan ulashing
1. Togʻning eng baland, yuksak joyi.
-
Hisor choʻqqilari oqarib, shahar, qishloqlarga yaqinlashib kelganday tuyuldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Asriy choʻqqilar quyoshda yaltirar va sukut saqlar, uning toʻshidagi qorlar koʻzni qamashtirardi. Saodat
2. Tik narsalarning eng yuqori qismi.
-
Teleradiominoralar choʻqqisi.
-
Navqiron bir terakning choʻqqisida oshyon, Kech kuz tongotarin salom bilan olqishar. Gʻ. Gʻulom
3. koʻchma Erishilgan yoki erishilishi mumkin boʻlgan eng yuksak daraja, pogʻona, koʻrsatkich; oliy nuqta.
-
Kamolot choʻqqisi. Baxt choʻqqisi.
-
Fidokorona mehnatsiz ilm choʻqqilarini egallab boʻlmaydi. Gazetadan
-
Shafqatsiz dunyoda sheʼriyat gʻolibligini sezish, uning beqiyos qudratini his etishning oʻzi kishi kayfiyatini yuksak choʻqqiga koʻtarib, dunyoni inson koʻziga chaman qilib koʻrsatadi. OʻTA
cho‘qqi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Choʻqqi soqol
-
Vafo attor choʻqqi soqolini qashladi, yoʻtalib olib, bir chekkaga tupurdi. N. Aminov, Qahqaha;
-
Abduvahob Shoshiy ellik besh yoshlarda, qotma, choʻqqi soqol, qarashlari oʻtkir bir odam. Mirmuhsin, Tungi chaqmoqlar
CHO‘QQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎҚҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘qqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar