cho‘t
bilan ulashing
1. Buxgalteriyada, idoralarda qoʻllanadigan, toʻrtburchak ramkaga mahkamlangan temir simlarga tizilgan donalarni surib, qoʻshuv va ayiruv amallari bajariladigan sodda moslama.
-
Choʻt qoqmoq. Choʻtga solmoq.
-
Keksagina odam damodam shaqillatib choʻt qoqadi. Mirmuhsin, Yashiringan kuch
-
Buxgalteriya xonasidagi choʻtlarning shaq-shuqi, odamlarning uzuq-yuluq gaplari endi aniqroq eshitilardi. Gazetadan
2. Moʻljal, taxmin, hisob.
-
[Gʻofir:] Mening choʻtimda hammasi boʻlib besh yuz soʻmdan oshmas edi-ku? Yoki adashdingizmi ekan-a, boy ota? Hamza, Boy ila xizmatchi
3. sheva Tesha.
-
Daraxtlarni choʻt bilan, bolta bilan qirqib, oʻtni yoqib, famil choyni damlab, egarini kursi qip, aslahasini yerga qoʻydi. Yusuf va Ahmad
cho‘t soʻzi qatnashgan jumlalar:
Choʻt bermaydi
-
— Traktorlarimiz yomon emas, lekin “universallar bir oz choʻt bermay qoʻydi — dedi Ikromjon. I. Rahim, Xislat.
Choʻt emas
-
[Nurmat togʻa:] Pulni-ku, toʻlaysan. Senga pul choʻt emas. S. Ahmad, Jimjitlik
CHO‘T so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘t so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar