cho‘tka
bilan ulashing
1. Narsalarni yuvish, tozalash uchun yassi dastaga tartibli qilib mahkamlangan qil tolalaridan yoki simlardan iborat buyum.
-
Qil choʻtka. Tish choʻtka(si). Kiyim choʻtka(si).
2. Soch, qosh, kiprikni boʻyashda ishlatiladigan, kichik dastasiga qilsimon tolalar oʻrnatilgan pardoz buyumi.
-
Shiftgacha yetgan kattakon toshoyna oldida atir-upayu turli boʻyoqlar, qosh boʻyaydigan choʻtkadan tortib, tirnoq oladigan asboblar — hammasi betartib sochilib yotibdi. Mirmuhsin,Umid
3. Boʻyash, oqlash uchun koʻpincha qildan yasaladigan asbob; moʻyqalam.
-
Boʻyoqchilik choʻtkasi.
-
Usta qoramoy, choʻtka va boshqa xil asboblari turadigan yogʻoch sandiqdan qogʻozga oʻrogʻliq bir narsa chiqardi. N. Aminov, Qahqaha
CHO‘TKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎТКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘tka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar