g‘ayrat
bilan ulashing
1. Ish-harakatga boʻlgan kuchli intilish, berilish hissi; ishtiyoq.
-
Siz, muhtaram ustodning mehribonchiliklaringiz bir gʻayratimizga oʻn gʻayrat qoʻshadi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Uning gʻayratiga ish yoki oʻqishning oʻzi kamlik qilayotgandek tuyuladi. T. Ashurov, Oq ot
-
— Uxlab qoldi bugun juda ter toʻkdi. — Yosh-da, gʻayratiga chidolmay, boshda oʻzini urintirib qoʻyadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Gʻayrat (erkaklar ismi).
g‘ayrat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻayrat kamarini bogʻlamoq
-
Buni eshitgan ishchilar gʻayrat kamarini belga bogʻlaydilar. N. Maqsudiy, Yuksalish
-
Juda gʻayrat qilganimizda ham, ikki yarim tanobdan ortiq yerni chopib toza qilolmaymiz. A. Qodiriy, Kichik asarlar
-
Ular asrlar tasavvur qilgan manzarani chinakamiga barpo qilish niyatida hammadan koʻp ter toʻkar, hammadan koʻra koʻproq gʻayrat qilardilar. S. Ahmad, Ufq
G‘AYRAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЙРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ayrat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar