g‘avg‘o
bilan ulashing
1. Betartib ovozlar, qiy-chuv, shovqin.
-
Bir kecha afandining qulogʻiga koʻchadan gʻavgʻo eshitildi. Latifalar
-
Mavlono Fazliddin shovqin kelayotgan tomonga quloq solib turib qoʻrqib ketdi. Bu galgi gʻavgʻo shahar ichidan koʻtarilmoqda edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. aynan Gʻalva 1.
-
Boʻlajak gʻavgʻolarni oldindan payqaydigan boʻlib qolgan Shuhrat, ukasiga boshi bilan imo qilib, balkonga chiqa boshladi. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
-
Dadam yuvosh odam boʻlganidan bunday gʻavgʻolardan har vaqt qochar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bunaqangi gʻavgʻolar joniga teggan qoʻshni xotin qoʻlini paxsa qilib, Mullajonning oldiga keldi. S. Ahmad, Mullajon
3. aynan Gʻalva 2.
-
Hammada bir tashvish bor, ota! Tirikchilik gʻavgʻosi yolgʻiz sizda emas. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir roʻzgʻorga oʻsha roʻzgʻorning oʻz gʻavgʻosi ham yetadi. A. Qahhor, Sarob
G‘AVG‘O so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАВҒО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘AVG‘O so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘avg‘o so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘avg‘o so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing