g‘ayir
bilan ulashing
1. Birovni koʻrolmaydigan, rashk qiladigan, qizgʻanadigan; yomonlik qilishni xohlaydigan, ichi qora.
-
Gʻayir odam,
-
— Juda gʻayir bola ekan-a, — dedi u allakimga. P. Qodirov, Qadrim
-
— Baʼzi xotinlar yuragi torroq, gʻayirroq boʻladi, — dedi rais. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Saidgʻozi yuragiga nishtar sanchilgandek ijirgʻanib, koʻksini changalladi: soxta guvohlikka oʻtgan. Ustidan magʻzava toʻkkan. Gʻayir edi-da! S. Anorboyev, Oqsoy
2. aynan Gʻayr.
-
Ushbu yerlar bizga gʻayir yerlari, Yigitni qoʻllasin komil pirlari. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
G‘AYIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЙИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ayir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar