cho‘z
bilan ulashing
1. Tortib uzaytirmoq, uzaytmoq.
-
Rezinkani choʻzmoq. Xamirni choʻzmoq.
-
[Jayrona:] Polufabrikat magazinidan muzlatilgan chuchvara, guvalacha qilib tayyorlangan kotlet, yogʻli xamir, choʻzib qoʻyilgan lagʻmonlarni opkelib, pishirib yurgan odamman. S. Ahmad, Jimjitlik
2. Urib, pachaqlab, chigʻirdan oʻtkazib yoki boshqa biror yoʻl bilan uzaytirmoq, yoymoq.
-
Simni bolgʻalab choʻzmoq.
-
Qoratoy qizil choʻgʻ boʻlgan temir parchasini bolgʻa bilan gurs-gurs urar, yassilar, choʻzar, qayirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Bir gapni hadeb gapiravermoq, gap chaynamoq, ezmalik qilmoq.
-
Otang temirchi boʻlsa ham, gapni choʻzma. Maqol.
-
— Gapni choʻzmang, — jerkindi Haqnazarov O. Muxtor, Egilgan bosh
4. Qoʻlni, tana aʼzolarini yuqoriga yoki oldinga uzatmoq, choʻziltirmoq.
-
[Avaz] Qalamga qoʻl choʻzdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Tojiniso begim nola bilan koʻkka choʻzgan qoʻllarini yerga tashlab engashdi. Yoshlik.
-
Kresloga oʻtirib, oyogʻini oldinga choʻzdi. Saodat
5. Qoʻl uzatib, biror narsani bermoq.
-
Qarasa, yuzlari shaftoliqoqiday burushiq bir kampir qandolatfurushga kumush tanga choʻzib turardi. S. Siyoyev, Avaz
6. Uzaytirmoq (muddat, vaqt va shu kabilar haqida).
-
Oʻquv yilini avgustgacha choʻzmoq.
-
Oʻsha joyda elchixona xodimlari ozgina koyingan boʻlib, vizasini choʻzib berishdi. M. M. Doʻst, Lolazor
7. Orqaga sudramoq, kechiktirmoq, paysalga solmoq.
-
Ekin kampaniyasini choʻzib yubormang.
-
Shoshilmaslikning ikkinchi, ham kuchli sababi, mumkin qadar toʻyni uzoqqa choʻzib, shu vositada Anvarni sogʻish edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
8. Iqtisod qilib, tejab-tergab, koʻpga yetkazmoq.
-
Oz pul olsa ham, choʻzib-choʻzib, uch kunga yetkazdi.
-
Bu mablagʻni u [Toʻgʻonbek] ancha choʻzdi. Oybek, Navoiy
cho‘z soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻy choʻzmoq
Kekirdak choʻzmoq
CHO‘Z so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘z so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar