chorak
bilan ulashing
1. Toʻrtdan bir ulush; teng toʻrt boʻlakning har biri.
-
Chorak asr. Chorak kam bir soat.
-
Men Abdulla Qahhor bilan chorak asr turmush kechirib, Xotinni xotin qiladigan ham er degan xulosaga keldim. K. Qahhorova,Chorak asr hamnafas
2. Oʻquv yilining toʻrtdan bir qismi.
-
Birinchi chorak. Chorak baholari.
-
Uchinchi chorakning oxiri edi. Yoshlik
-
Usha yili kuzda Begimxon yettinchi sinfning birinchi choragidan ketib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. sheva Baʼzi hududlarda besh pud (87,36 kg) ga, baʼzi joylarda besh qadoqqa, yaʼni ikki kilogrammga (kichik chorak), baʼzi joylarda esa oʻn qadoqqa, yaʼni 4,1 kg ga (katta chorak) teng ogʻirlik oʻlchovi.
-
[Qodirqul:] Unday boʻlsa, meni bankaga tashlab kelasan-da.. ombordan yarim chorak guruch olib, sekingina bogʻ tomondan Nurmat akangnikiga oʻtkazib qoʻyasan. Hamza, Burungi saylovlar.
CHORAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chorak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar