chora
bilan ulashing
1. Biror ishni, maqsadni amalga oshirish, roʻyobga chiqarish yoki uning oldini olish uchun puxta oʻylab tuzilgan, ishlab chiqilgan tadbirlar majmui; iloj, tadbir.
-
Soʻnggi chora. Keskin choralar. Ehtiyot choralari. Kasallikka qarshi kurash choralari.
-
Zavod iqtisodini koʻtarish choralarini izlab topish eng dolzarb masala boʻlib turibdi. Gazetadan
2. Biror qiyinchilikdan, murakkab vaziyatdan qutulish yoʻli; iloj.
-
Chora izlamoq. Chora topmoq.
-
Qayin otangiz, ehtimol, buning biror chorasini topar! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U [Temur Malik] moʻgʻullarga pand berib, ularni qirib tashlash chorasini izlardi. Mirmuhsin, Temur Malik
-
Dolon oʻrtasida tezak tutab turadi. Bu chivinlardan saqlanish uchun bir chora. J. Sharipov, Xorazm
3.
4. 3) jazo, tanbeh bermoq.
-
Qayerda qoʻy yoʻqolsa, Aybdor — biz, boʻrilar. Yegan mudir-ku, unga Qachon chora koʻrdilar? Gazetadan
chora soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jazo choralari
Maʼmuriy choralar
Chora koʻrmoq
-
Vrachlar mumkin boʻlgan barcha tibbiy choralarni koʻrdilar. Fan va turmush;
Katta yogʻoch togʻora.
-
Dasturxon yozilib, kattakon chora tovoqda arxar goʻshti keltirilganda, Maxsum mehribonlik bilan soʻz boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy
CHORA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chora so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar