dehqonchilik
bilan ulashing
1. Qishloq xoʻjaligining yerga ekin ekib, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʻullanuvchi sohasi, ziroatchilik.
-
Qadimdanoq Amudaryo, Zarafshon, Sirdaryo kabi obi hayot sohillarida, goʻzal Fargʻona, Toshkent, Buxoro va Xorazmning ibtidoiy tabiati bagʻrida dehqonchilik keng tarmoq otgan edi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
2. Ekin-tikin bilan shugʻullanish kasbi, mashgʻuloti.
-
Dehqonchilik qilmoq. Dehqonchilik — chorvachilik, Boʻlmasa, quruqchilik. Maqol
-
Yoz faslida dehqonchilik qiladi, sahar ketib, kech keladi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
3. Ekinzor, ekin dalasi.
-
Anovi pastlikda dehqonchiligimiz bor. Bemalol, hamma narsa oʻzimizdan chiqadi. Oydin, Kelin oʻgʻil tugʻibdi
DEHQONCHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕҲҚОНЧИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dehqonchilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar