dorivor
bilan ulashing
1. sifatdosh Turli kasalliklarga dori boʻladigan yoki dori olinadigan.
-
Dorivor oʻsimliklar. Dorivor moddalar.
-
U
-
dorivor giyohlarni togʻma-togʻ yurib topib kelar, quritar, katta-kichik hovonchalarda yanchib tuyar — dori tayyorlar edi. K. Yashin, Hamza
-
Oʻsimliklar dorivor moddalar manbaidir. Shunday moddalardan biri gul nektaridir. Fan va turmush
2. Ovqatni va ovqat mahsulotlarini xushxoʻr qiladigan moddalar (zira, zirk, zarchuva, qalampir va shu kabilar).
-
Murch ziravorgina emas, dorivor hamdir: u ovqatni yaxshi hazm qildiradi, terlatuvchi xususiyatga ham ega Gazetadan
-
Supaning bir tomonini qogʻozga oʻralgan murch, zarchuva, qalampir, zira singari dorivorlar, kashnich, koʻkpiyoz, jambil singari koʻkatlar band qilgan. A. Qahhor, Sarob
-
Ular [savdogarlar] Rossiya bozorlariga Hindiston dorivorlari, Samarqand, Buxoro kosiblari toʻqigan shoyi, atlas, zarbof, kimxob, baxmal olib borar edilar. M. Osim, Elchilar
3. so‘zlashuv tili Turli texnologik jarayonlarda ishlatiladigan moddalar.
-
Koʻnchilik dorivorlari.
-
begona oʻtlarni purkash yoʻli bilan yoʻqotish maqsadida kimyoviy dorivorlardan foydalanish kerak. Gazetadan
DORIVOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОРИВОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dorivor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar