eʼtibor
bilan ulashing
1. Biror kimsa yoki narsaga qaratilgan diqqat-nazar, fikr, yod.
-
Eʼtiborini jalb qilmoq. Eʼtibor bilan razm solmoq.
-
Otabek diqqat va eʼtibor bilan qutidorni kuzatib, javob berdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bir uy mehmonning eʼtibori jajjigina Azizjonda, Gazetadan
2. Oʻzga tomonidan boʻlgan hurmat hissi; qozonilgan hurmat; obroʻ, nufuz.
-
Eʼtibori ketdi. Eʼtibori yoʻqoldi.
-
Nizomiddinning koʻz oldida bu notanish odamning eʼtibori yanada oshdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Garchand baʼzi joyda topdim eʼtibor, Koʻksimda nelardir taratur ziyo. A. Oripov
3. Eʼtibor (xotin-qizlar ismi).
eʼtibor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Eʼtibor bermoq
-
Boyvachchaning orqasida ot qoʻyib kelayotgan odamga eʼtibor bering. K. Yashin, Hamza
Eʼtibor qilmoq
-
Maston unga eʼtibor qilmay, otning ochiq qolgan koʻzlariga qaradi. A. Qahhor, Maston
Eʼtiborga olmoq
-
Sen aytgan ikki narsa ilmga maʼlum ekanligini eʼtiborga olsak, sen oʻtkazadigan tajribaning asosiy vazifasi mana shu savolga javob berish. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Eʼtibor qozonmoq (yoki topmoq)
-
[Hoji] Normuhammad qushbegi oldida undan ham yuqoriroq va maʼnoliroq eʼtibor qozondi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Toshkent chamanzor — Butun xalq oldida topdi eʼtibor. X. Rasul.
Eʼtiborga tushmoq
-
Keyinchalik ustod Qavom eʼtiboriga tushib, uning tavsiyasi bilan Mirzodan ish olgan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
Eʼtibordan qolmoq
-
Agar yulgʻichlikni tashlamasangiz, xalq eʼtiboridan qolib, sharmanda boʻlasiz. Mushtum
Eʼtibori bilan
-
Badiiy tarjima mohiyat eʼtibori bilan xalqlar oʻrtasida oltin koʻprikdir. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
EʼTIBOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭЪТИБОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
eʼtibor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar