etak
bilan ulashing
1. Kiyimning pastki, osilib tushib turadigan keng qismi. Koʻylakning etagi. Toʻnning etagi
-
U gilvatalik koʻlini etagi bariga artib, Meʼmor bilan omonlashdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ota-bola choponlarining etaklarini bar urib, qazuvga joʻnab ketdilar. J. Sharipov, Xorazm
2. koʻchma Baʼzi narsalarning etakka oʻxshash osilgan pastki qismi.
-
Quyosh qishloq ustidan etagini yigʻib olgan, kech kira boshlagan edi. S. Zunnunova, Olov
-
Bir kun hamma yoqni rutubatli tuman chulgʻaydi, bir kun tund borlik uzra bulut etagini sudrab oʻtadi. Gazetadan
3. Matodan paxta terish uchun maxsus tikilgan, bir tomoni boʻyinga osib, bir tomoni belga bogʻlab olinadigan buyum.
-
Bir etak paxta,
-
Kuli etak bilan chanoqqa xuddi boʻzchining mokisiday borib kelyapti. E. Rayimov, Ajab qishloq
-
Zveno aʼzolari sentyabrning oʻrtalarida etak bogʻlab, terimga tushdilar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
4. Baʼzi narsalarning, sathning cheti, quyi tomoni, oxirgi qismi.
-
Dala etagi. Sahro etagi. Hovli etagi.
-
Shaharning har ikkala tomonida ekin maydoni boʻlib, etagi oʻrmonga borib taqalardi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
-
Buloqdan emas, etakda hayqirib oqayotgan soydan suv olib keltirardi. N. Qobil, Unutilgan sohillar
5. Togʻ, adir, balandliklarning pastki qismi; pastki qismidagi joy, maydon.
-
Yodgor ohista yurib, adir etagiga tushib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Tepalikning etagidan har xil ovozlar eshitildi. Yoshlik
6. Ariq, daryoning quyi qismi; suvning quyilish joyi.
-
Zarafshonning etagi.
-
Koʻkish havo bilan chulgʻangan jilgʻa etagida bir qora paydo boʻlgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
7. Vaqt eʼtibori bilan oxirgi qism, oxir, soʻng.
-
Fevralning etaklarida kun isib ketdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Avgustning etaklariga kelib, kanalga suv ochildi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
etak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir etak bola
-
Otang tirik axir ortimda bir etak bolam bor. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Uzi dalaga chiqqani bilan uyida ishga yaroqsiz bir etak bolasi bor. S. Zunnunova, Olov
Yengidan kirib, etagidan chiqadi
Esing borida etagingni yop
-
— Yoʻq, — dedi polvon toʻqaydan chiqayotib, — esing borida etagingni yop, bu yoʻlingdan qayt! H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
Etagi ochilmoq
-
Koʻyinglar xotin yoʻlga chiqsa, etagi ochiladi. Kulgi boʻlasizlar. P. Tursun, Oʻqituvchi
Etagini tutmoq (yoki ushlamoq)
-
Omon buva Yodgorov kabi in-gichka tolali paxta ustalari bor. Ana shu oqsoqollarning etagini tut. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Otalari kasbi etagidan tutayotgan farzandlarimiz qandini ursin. Gazetadan
Etagini tutqizmaslik
-
Lekin uyqu etagini tutqizmay ketdi. S. Abduqahhor, Koʻzlar
-
Qidiruv boʻlimi xodimlarining ustalik bilan ishlamayotganliklaridan foydalanib yana etak tutqizmay ketgan. I. Qalandarov, Shoxidamas bargida
Etagini oʻpmoq
-
Yurt beklari yashab oʻtgan, Oʻpib yovning etagin. Sharq yulduzi
Etak yirtish
-
Oyogʻing kelishmagan, shumpeshona ekansan! Etak yirtish qilib qoʻygan kuyoving hajdan qaytmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
Etak silkimoq
-
Etak silkib, Andijonga ketay desam, ruxsat bermaydir. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Mana, endi saroydan butunlay etak silkidi-yu unut boʻlayozgan eski doʻkonga keldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Etak qoqmoq
-
Otasi telba toʻnini teskari kiyib, etak qoqib, uyidan chiqib ketgan. Mushtum
ETAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
etak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar