eʼtiqod
bilan ulashing
1. Qattiq ishonch, dildan eʼtirof etiluvchi tushuncha, nuqtai nazar, qarash.
-
Eʼtiqodga koʻra, chinor mingga kirgan soati oʻzidan-oʻzi yonib ketishi kerak ekan. A. Muxtor, Chinor
-
Har qanday odamning ham oʻziga xos xulq-atvori, eʼtiqodi, dunyoqarashi boʻladi. F. Musajonov, Himmat
2. Biror kimsaga yoki narsaga boʻlgan ishonch; ishonch va ixlos bilan qarash.
-
Joʻraboy otaning komandir yigitga eʼtiqodi oʻn chandon oshdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Omon otada bilimga, ilgʻor usullarga eʼtiqod juda baland. H. Nazir, Mayoq sari
3. Xudoga yoki umuman biror gʻayritabiiy kuchga ishonish; imon.
-
U oʻz eʼtiqodi bilan diniy odam boʻlib, namozni ham kanda qilmaydi, roʻzani ham. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
eʼtiqod soʻzi qatnashgan jumlalar:
Eʼtiqod qoʻymoq
-
Yerni sevgan, unga eʼtiqod qoʻygan dehqon moʻl hosil uchun kurashni erta kuzdan boshlaydi. Gazetadan
-
Siz u bilan sinashta emassiz-ku, eʼtiqod qoʻyishingizni qarang. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
EʼTIQOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭЪТИҚОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
eʼtiqod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar