erk
bilan ulashing
1. Kishining yoki kishilarning oʻz xohishi bilan ish-harakat qilish huquqi; ixtiyor, mayl.
-
Har kimning erki oʻzida. Uz erkiga qoʻyib bermoq. Erkini boʻgʻmoq. Qoʻlingga, tilingga erk berma,
-
Sanʼatkorda kuch va ishonch, erk va dadillik boʻlmas ekan, u oʻz maqsadiga erisha olmaydi. F. Musajonov, Himmat
2. Siyosiy, iqtisodiy, huquqiy jihatdan mustaqillik; erkinlik.
-
Erk uchun kurashmoq.
-
Xalqqa erk uchun, non uchun, madaniyat uchun kurashga otilmoq kerak. Oybek, Nur qidirib
erk soʻzi qatnashgan jumlalar:
Erk bermoq
-
Insofsizga erk bersang, elni talar. Maqol
-
Abdiyev nafsi bilan birga qoʻliga ham erk berib qoʻyganga oʻxshaydi. Mushtum
-
U hech qachon hayajonga ham erk bermas edi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
ERK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭРК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan ERK so‘ziga berilgan ma’nolar
erk so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
erk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar