erka
bilan ulashing
1. Mehr, suyish hissi bilan munosabatda boʻlinadigan; suyukli.
-
Erka qizcha bilan mehribon otaning oʻrtasiga raxna solish johillik. F. Musajonov, Himmat
-
Bulgʻorning erkasi, bolam, yoʻl boʻlsin Erali va Sherali
-
Sayr etaylik, kel, birga, erkam, Rozi ketsin bizdan umrbod — Shodlik uchun yaralgan olam. E. Vohidov, Muhabbatnoma
2. Koʻngliga kelgan ishni qilish uchun ixtiyor berib qoʻyilgan, taltaytirib yuborilgan, tantiq.
-
Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi. Maqol
-
Munis tengqurlariga oʻxshamasdi: juda erka edi, serjahl edi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
-
Faxriddin erka oʻsgan tantiq bola boʻlgani uchun Niso buvi: — Ha, ishqilib, ikkovining joni omon boʻlsin, — deb qoʻya qolar edi. A. Qahhor, Boshsiz odam
3. Erkalik, suyumlilik ifodalovchi.
-
— Yolgʻonchi ekansiz, — dedi u yana erka tovushda. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Gulnor chiroyli va erka tabassum bilan, xoʻp deganday, boshini qimirlatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Erka (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
ERKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭРКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
erka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar