estafeta
bilan ulashing
1. Yengil atletika, suvda suzish, changʻi sporti kabilarda koʻpincha toʻrt kishidan iborat sport jamoasi belgilangan masofani bir-biri bilan almashib va bir-biriga ramziy tayoqchani uzatib bosib oʻtishdan iborat poyga musobaqasi.
-
Changʻichilar estafetasi.
-
Estafetada qoʻliga kaltakcha tegishi bilan birdan chopishni tezlatgan chopqirdek, Sodiq avtomatni ilib olgan zamon oʻt ochdi. Shuhrat, Oltin zanglamas
2. Shunday musobaqada qoʻldan qoʻlga uzatiladigan narsa (odatda yogʻoch tayoqcha).
-
Estafeta birinchi etapdan boshlab, to oxirgi etapgacha qoʻlma-qoʻl uzatiladi.
-
Bizning shtangachilarimiz merganlar qoʻlidan olgan estafetani muvaffaqiyatli olib bordilar. Gazetadan
3. koʻchma Avloddan avlodga yoki otadan bolaga oʻtadigan fikr, niyat, orzu, anʼana va shu kabilar
-
Bu orzu [suv orzusi] bamisoli estafeta kabi otadan oʻgʻilga, oʻgʻildan nabiraga avloddan avlodga oʻtib kelmoqda. Sh. Rashidov, Doʻstlik bayrogʻi
ESTAFETA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭСТАФЕТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
estafeta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar